Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Andijon shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan 10 dona “Volkswagen Caddy” rusumli avtomobil topshirildi.
– Ushbu transportlar tizimning tez hamda sifatli faoliyatini ta’minlaydi, - deydi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Salohiddin Yusupov. – Insonlar hayotini saqlab qolish imkoni kengayadi. Shu bois tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilmiy-texnik vositalar, zamonaviy transport, tibbiy texnikalarni qo‘llashga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Ushbu avtomashinalar reanimatsion apparatlar bilan jihozlangan bo‘lib, tez yordam brigadalari dislokatsiyalari aholi yashash joylariga yaqinlashtirildi. Natijada xizmatning kechikib kelishi 10 foizdan 1,2 foizgacha qisqardi.
[gallery-4076]
Mazkur tejamkor, harakatni to‘xtatmay turib bemorga tegishli yordamni ko‘rsatuvchi reanimobillar hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan “Damas” transportlariga almashtiriladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA