Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TEZ KUNDA PREMERA: "101 reys" kinokartinasi namoyish etiladi
14:47 / 2022-05-19

Tez kunda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "101 reys" kinokartinasi premerasi bo‘lib o‘tadi.

"Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan mazkur filmda 2001 yil 11 sentyabr kuni mash’um terakt arafasida Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida parvoz qilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti ekipaj a’zolarining jasorati hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Akrom Shahnazarov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev,  rassom Alisher To‘laboyev, liboslar bo‘yicha rassom Shahnoza Abdullajonova, rejissyor Go‘zal Yusupova, montaj ustasi Xurshid Alixo‘jayev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov, badiiy rahbar Erkin A’zam, ijrochi prodyuser Aziz Qurbonov.

Aktyorlar Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Lola Eltoyeva, Samidxon Lutfullayev, Bahora Arslonova, Ra’no Shomirzayeva va boshqalar.

Oldinda Kinematografiya agentligi tomonidan rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Evrilish”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Dilbar Yusupovaning "Bardosh" kabi filmlari premerasi o‘tkaziladi.

Kinematograf agentligi Axborot xizmati.

O‘zA.