English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez kunda “O‘zbekiston. Gorizont ortiga nigoh” hujjatli filmi premerasi bo‘lib o‘tadi
18:17 / 2022-09-12

Joriy yilning 18 sentyabr kuni “Birinchi kanal”da rossiyalik teleboshlovchi Valdis Pelshning “O‘zbekiston. Gorizont ortiga nigoh” ko‘rsatuvi premerasi bo‘lib o‘tadi.

48 daqiqalik hujjatli filmda O‘zbekistonning boy tarixiy merosi haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, mamlakatda zamonaviy hayotning qirralari – ilm va texnika yutuqlari, turizm sohasidagi imkoniyatlar va boshqa ko‘plab mavzularga to‘xtalib o‘tiladi. Valdis Pelshning O‘zbekiston haqidagi filmi taniqli boshlovchining Rossiya va dunyo bo‘ylab sayohatlari haqida ma’lumot beruvchi filmlar turkumiga kiradi.

Filmda O‘zbekiston energetika vaziri, sport va turizm vaziri, fizika va kimyo sohasi mutaxassislari, hunarmandlar, shuningdek, texnik maktablar o‘quvchilari bilan suhbatlar o‘rin olgan. Film O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning ilmiy-texnika markazi sifatidagi keng imkoniyatlarini ochib berdi.

– Tasvirga olish jarayoni 23 kun davom etdi va shu vaqt ichida suratga olish guruhi o‘nlab shaharlar va qiziqarli joylarga tashrif buyurdi. Albatta, biz respublikaning hamma qismlarini ko‘ra olmadik, lekin yetib kelguncha ko‘p adabiyotlarni o‘qigan bo‘lsak-da, o‘zimiz uchun yangi kashfiyotlarni ochdik. Masalan, Shahrisabz biz uchun to‘liq yangilikka aylandi. Noyob diqqatga sazovor joylar va juda oqko‘ngil odamlar bilan to‘la joy. Butun film sayohat janrida suratga olingan. Ushbu filmda bizga yordam bergan, unda ishtirok etgan barchaga katta rahmat, – dedi Valdis Pelsh.

Toshkent kinofestivali bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda suratga olingan filmning Rossiya televideniyesidagi premerasi “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali mobaynida bo‘lib o‘tadi.

O‘zA