Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” o‘quv dasturi boshlandi
16:57 / 2023-05-02

FOTOREPORTAJ

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon bankining “O‘zbekiston Milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” o‘quv dasturiga start berildi.  

[gallery-11719]

Dastur 2022-2026 yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun hududlardagi yosh olimlar, tadbirkorlar va startap g‘oyalariga ega yoshlarning loyihalarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak berish, texnologiyalarni tijoratlashtirishda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan. Shuningdek, dastur “MUNIS” loyihasining kichik tarkibiy qismlari uchun maqsadli auditoriyani kengaytirishga yordam beradi.  

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar loyihaning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.  

Dastur sakkiz oy davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkaziladi.

Fan, ta’lim va innovatsiyalar sohalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mazkur loyiha mamlakatning demografik salohiyatini ochib berishga qaratilgan va amalda sinovdan o‘tib, yo‘lga qo‘yilgan dasturlardan iborat.

Kamola YUSUPOVA, 
Davron ERNAZAROV (surat), 
O‘zA