Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnikumlarga 143 ming 114 ta qabul parametri tasdiqlangan
11:30 / 2025-08-11

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari vazirlikning my.edu.uz (https://my.edu.uz/) platformasi orqali 2025 yil 10 sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 ming 114 ta (shundan 66 ming 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan.

Kunduzgi ta’limda – 102 ming 194 ta (49 ming 234 ta davlat granti), kechki ta’limda – 2 ming 250 ta hamda dual ta’lim shaklida – 38 ming 670 ta (17 250 ta davlat granti) ajratilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA