Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnikum o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminar-treninglari
11:38 / 2025-12-26

Ushbu mashg‘ulotlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni doimiy professional rivojlantirishga qaratilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2018 yilda oliy toifali o‘qituvchilar 4,3 foizni, birinchi toifali o‘qituvchilar 13,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025 yilda oliy toifali o‘qituvchilar 21 foizni, birinchi toifali o‘qituvchilar 32,3 foizni tashkil qilib, oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi  18 foizdan 52,2 foizga yetib, 30,2 foiz o‘sishga erishilgan.  

Mazkur seminar-treninglar haftasiga uch kun muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular chet tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim talablariga moslashish va o‘z ustida doimiy ishlashga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

[gallery-26918]

– Bugun viloyatimizda xorijiy til o‘qituvlarining 2 ming 501 nafari V2 va S1 darajadagi xalqaro va milliy til bilish sertifikatini qo‘lga kiritib, bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 22 foizga o‘sgan,– deydi  UrDUning Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Rohatoy Obidova. – Bu yil pedagoglarimiz Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Ozarbayjon kabi xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib qaytishdi. Fillippin, Kanada, Hindiston, Germaniya va Rossiya davlatlaridan 30 dan ortiq xorijiy pedagog va mutaxassislar ta’lim jarayonlariga jalb qilingan.

Dastlabki seminarda ishtirokchilar treningning maqsadi, rejasi hamda kutilayotgan natijalari bilan batafsil tanishtirildi. Mashg‘ulotlar jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Ilk mashg‘ulotda esa tinglovchilarga “Chet tili sinflarida ta’lim texnologiyasi” mavzusida xorijiy til darslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli vositalar orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonini interaktiv tashkil etish bo‘yicha muhim tushunchalar va amaliy tavsiyalar berildi.  

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashabbusi bilan viloyatdagi texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan mazkur seminar-treninglar ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov (surat),  

O‘zA muxbirlari