Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnikum bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi
13:19 / 2023-08-09

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda korrupsiya bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

Tadbir chog‘ida Samarqand shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlovchi, 1976 yilda tug‘ilgan O.O‘ ikki nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan 1100 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan O.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA.