English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnika oliygohlarida yo‘nalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas, Prezident
16:47 / 2024-06-20

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari sohadagi muammo va yechimlarga to‘xtalib o‘tdi. 

Yurtimizda yiliga 3 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilib, ularda 150 ming atrofida ish o‘rni yaratilmoqda. Shundan 35 mingtasi texnika yo‘nalishida. 

Hozirda 36 ta davlat oliygohida ushbu yo‘nalishda 264 ming bakalavr, 3 ming magistr o‘qimoqda. Yiliga 67 ming nafar talaba bitirmoqda. Lekin, texnika oliygohlarida yo‘nalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas. Masalan, Davlat texnika universitetidagi 76 ta bakalavr yo‘nalishidan 45 tasi, 73 ta magistratura mutaxassisligidan 51 tasi bugungi kunda yetakchi xorijiy texnika oliygohlarida o‘qitilmaydi. Oqibatda muhandislarning 60 foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishida ishlamayapti. 

O‘zA