French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnik tartibga solish sohasida O‘zbekistonning xalqaro nufuzi oshmoqda
18:42 / 2026-01-09

O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi IQNet xalqaro sertifikatlash tarmog‘ida assotsiyalashgan a’zo maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda IQNet tomonidan tegishli xulosa e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur maqom markazga IQNet faoliyatida keng qamrovli ishtirok etish, xalqaro tajriba almashish hamda hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa milliy texnik tartibga solish tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, IQNet xalqaro sertifikatlash tashkiloti 1990 yilda tashkil etilgan bo‘lib, boshqaruv tizimlarini sertifikatlash sohasidagi eng yirik xalqaro tarmoqlardan biri hisoblanadi. Tashkilotning shtab-kvartirasi Shveysariyaning Bern shahrida joylashgan. Bugungi kunda IQNet tarmog‘i dunyoning 36 ta yetakchi mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan nufuzli menejment tizimlari sertifikatlashtirish organlarini birlashtiradi.

Ayni paytda IQNet doirasida dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 310 mingdan ziyod sertifikat rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu jahon bozorining qariyb 30 foizini tashkil etadi. Shuningdek, tarmoq 30 dan ortiq tillarda audit o‘tkazish imkoniga ega bo‘lgan 17 mingdan ziyod xalqaro auditor va ekspertlarni qamrab oladi.

IQNet a’zolari qatorida Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Turkiya, Shveysariya hamda boshqa qator davlatlarning nufuzli sertifikatlashtirish organlari mavjud.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, IQNet tarmog‘iga qo‘shilish O‘zbekistonda joriy etilgan menejment tizimlarining xalqaro bozorlarda tan olinishini kengaytiradi, mamlakatning Global sifat infratuzilmasi indeksidagi mavqeini yaxshilaydi. Shu bilan birga, ushbu qadam xalqaro standartlar asosida ishlay oladigan malakali kadrlarni tayyorlash, tashqi savdo aloqalarini mustahkamlash va ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchilar o‘rtasidagi ishonchni oshirishga xizmat qiladi.