Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnik tartibga solish sohasida milliy axborot tizimi joriy etildi
16:28 / 2026-01-15

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Uzinfocom – Yagona integrator bilan hamkorlikda “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Mazkur milliy axborot tizimi sertifikatlashtirish, metrologiya, standartlashtirish va akkreditatsiya yo‘nalishlarida elektron va shaffof xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Tizim xizmat ko‘rsatish jarayonlarida inson omili ta’sirini kamaytirib, ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beradi. 

Bugungi kunda tizim: 

• 116 ta muvofiqlikni baholash organi;

• 400 ta sinov laboratoriyasi;

• 127 ta metrologiya laboratoriyasi; 

• 30 dan ortiq texnik qo‘mita faoliyatini qamrab olgan bo‘lib, unda 3 500 dan ortiq soha mutaxassislari ish olib bormoqda. Shuningdek, tris.uz milliy axborot tizimi hozirda 40 dan ortiq davlat va xususiy tashkilotlar bilan o‘zaro ma’lumot almashinuvini ta’minlamoqda. 

Kelgusi bosqich texnik tartibga solish sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali jarayonlarni yanada samarali va sifatli tashkil etishdan iborat.