Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnik tartibga solish agentligi xalqaro maydonda faolligini kuchaytirmoqda
11:26 / 2025-12-23

Joriy yil davomida Texnik tartibga solish agentligi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Natijada qator xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Xususan, AQSH, Germaniya, Malayziya, Sloveniya, Slovakiya, Fransiya va Xitoy davlatlari bilan, shuningdek Germaniyaning PTB, Koreya Respublikasining KOICA, KATS, KIAT, KATRI, KOTITI, Turkiyaning TIKA, Xitoyning SAMR, SAC, CTC, CCIC, HENAN kabi nufuzli tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, Xalqaro savdo markazi (ITC), ISO, IEC, IQNet, SMIIC kabi yetakchi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik yanada mustahkamlandi.

Malayziya, Sloveniya, Slovakiya, Chexiya, Eron, Iordaniya va Xitoy bilan oliy darajadagi tashriflar doirasida, shuningdek Germaniya, Koreya Respublikasi, Ispaniya va Shveysariya ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida JSTga a’zo bo‘lgan 14 davlatning O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Muhim yutuqlardan biri sifatida, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” IQNet xalqaro sertifikatlash tarmog‘iga a’zo bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston standartlar instituti IECEE tizimining rasmiy a’zosi sifatida qabul qilindi.

“Halol” milliy sertifikatlash idorasi tashkil etilib, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Ilk bor Toshkent shahrida SMIIC Bosh Assambleyasi o‘tkazilishi mamlakat nufuzini yanada oshirdi.

Bundan tashqari, IEC, ISO, IQNet, SHHT, MGS va BIPM tashkilotlari Bosh Assambleya yig‘ilishlarida ishtirok etildi. “O‘ztest” laboratoriyalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro xulosalar olindi, mahalliy korxonalar mahsulotlari xalqaro sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” tanlovida O‘zbekiston nomidan 6 ta korxona ishtirok etishi uchun tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA