Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasi natijalari sarhisob qilindi
17:27 / 2020-12-12

Poytaxtimizda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, suv xo‘jaligi mas’ullari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va O‘zbekistonning ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etdi.

“Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasi Evropa Ittifoqi dasturining ajralmas qismi bo‘lib, 2016 yildan 2020 yilgacha respublikamizning oltita mintaqasi – Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 2-komponent sifatida amalga oshirildi.

– Asosiy maqsadimiz Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va fermer xo‘jaliklari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, o‘quv, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlarining suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha institutsional va texnik salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, suvdan samarali va oqilona foydalanish to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdan iborat, – deydi loyiha rahbari Ulug‘bek Islomov. – Bugunga qadar ushbu loyiha Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshirildi va o‘zining kutilgan natijalarini berdi. Loyiha byudjeti 5 million yevroni tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu – suv xo‘jaligi mutaxassislarining malakasini oshirish edi. Loyiha doirasida 3 ming 718 nafar soha xodimi suv iste’molchilari dastur asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Dastur doirasida suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Pilot hududlaridagi barcha SIUlarning asosiy kanallarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi.

Loyihaning yana bir muhim natijasi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga hududlarda davlat dasturi doirasida “Aqlli” suv qurilmalarini o‘rnatish va suvning ilg‘or raqamli monitoring tizimini joriy etishda ko‘maklashildi.

Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv va er resurslarining hosildorligini oshirish uchun BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi tomonidan sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv va er resurslarining hosildorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston meliorativ tarmog‘i uchun monitoring va axborot almashish tizimi yaratildi.

Qishloq aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash yo‘nalishida Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi 9 ming 500 kishilik qishloq aholisiga toza va xavfsiz ichimlik suvi etkazilib, bolalar bog‘chalari, maktablar, qishloq vrachlik punktlariga ichimlik suvi ta’minoti tizimi qurib berildi.

Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari va yosh olimlari uchun suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish uchun maxsus sinov maydonchalari yaratildi. Ularda suvni tejaydigan texnologiyalar o‘rnatildi, lizimetrik majmua va zarur jihozlar bilan jihozlangan auditoriyalar qurildi.

Suv resurslarini samarali boshqarish sohasida Evropa tajribasini almashish maqsadida loyiha doirasida Vageningen universitetida (Niderlandiya) magistrlik dasturi amalga oshirildi. Amaldagi va o‘tgan o‘quv koeffitsiyentlarining dastlabki baholash tizimi o‘tkazilib, yangi o‘quv modullari ishlab chiqildi.

Muhayyo TOSHQORAEVA, O‘zA