French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnik reglamentlarga oid nizom tasdiqlandi
14:30 / 2025-02-28

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda:

texnik reglamentlarning tuzilishi va mazmuni;

texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi;

texnik reglamentlarda davlat tili ustuvorligini ta’minlash tartibi;

texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi;

texnik reglamentlarga ilova qilinadigan standartlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni aktuallashtirish tartiboti;

texnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi;

texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, bekor qilish tartibi belgilab berilgan.

O‘zA