Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi standartlar sohasida ijobiy natija qayd etmoqda
18:08 / 2026-02-02

Boshqaruv tizimining raqamli tus olishi mamlakatlar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazmoqda. Shu ma’noda yurtimizda ham so‘ngi yillarda amaldagi tizimni raqamlashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida talablarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etishi sir emas. Shu yo‘nalishda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hozirga qadar milliy standartlarning 43,9 foizi xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirilgani texnik jihatdan tartibga solish tizimida olib borilayotgan ishlar natijasining samarasi desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Ta’kidlash joizki, mazkur natija orqali mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi osonlashib, raqobat muhitini mustahkamlash uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

Sherbek Islomov, O‘zA