French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texaslik mahbus qamoqxonadan qochdi. Yegulik va ichimlik sotib olgach, yana ortiga qaytdi
01:10 / 2018-01-30

Texas shtatidagi Bomont federal qamoqxonasi mahbusi bo‘lgan qochoqni qo‘lida yegulik solingan qog‘oz idish bilan qo‘lga tushirishdi. U qamoqxona hududiga yashirincha kirayotgan ekan.

Texas shtatidagi Bomont federal qamoqxonasi mahbusi bo‘lgan qochoqni qo‘lida yegulik solingan qog‘oz idish bilan qo‘lga tushirishdi. U qamoqxona hududiga yashirincha kirayotgan ekan.

AQShning Jefferson okrugi sherifining "Facebook"dagi sahifasidagi qaydlarga asoslanib, RIA Novosti mazkur voqea haqida xabar qildi.

Politsiyachilar qamoqxonadan bir nechta mahbus qochgani, ular qo‘shni ranchoda to‘xtagan begona yukmashinadan kontrabanda mahsulotlari xarid qilib, yana ortga qaytgani haqida xabar oladi.

Shundan so‘ng qamoqxona xizmatchilari videokuzatuvni kuchaytirdi.

Politsiya qo‘ygan tuzoqqa dallaslik Joshua Xansen tushib qoldi. 25 yoshli mahbus giyohvand moddalar oldi-berdisi bilan shug‘ullangani uchun ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Qochoq Joshuani politsiyachilar qayta hibsga olib, kamerasiga jo‘natishdi.

Qochoq mahbuslar ishi yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.