Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texasda poyezd bilan yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida kuchli portlash sodir bo‘ldi
13:19 / 2021-02-24

AQSHning Texas shtatida poyezd bilan yuk avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida portlash sodir bo‘lgan va kuchli yong‘in boshlangan. Yaqin atrofdagi uylarda yashayotgan aholi zudlik bilan xavfsiz hududga ko‘chirildi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q, deb xabar qiladi mahalliy KCENTV telekanali.

Huquqtartibot organlarining ma’lum qilishicha, poyezdda benzin yuklangan sisternalar bo‘lgan, yuk mashinasida esa kimyoviy vositalar ortilgan tirkamalar bo‘lgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, to‘qnashuv natijasida uchta yoqilg‘i ortilgan sisterna yonib ketgan, natijada voqea yuz bergan hudud quyuq qora tutun bilan qoplangan.