Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texas 2023 yilda AQSHdan ajralib chiqishni rejalashtirmoqda
15:58 / 2022-06-21

Respublikachilar partiyasining Texas shtatidagi vakillari shtat AQSHdan ajralib chiqish uchun referendum o‘tkazmoqchi, – deya xabar berdi “RIA Novosti” agentligi.

Xabarda aytilishicha, yaqinda mahalliy siyosiy assotsiatsiyalar konvensiyasida Texas shtatining Qo‘shma Shtatlardan ajralib chiqishi variantini ko‘rib chiquvchi rezolyutsiya qabul qilingan. 

Hujjatda ta’kidlanishicha, federal hukumat Texas konstitutsiyasining birinchi bo‘limining birinchi qismini buzgan, ya’ni mintaqani o‘zini-o‘zi boshqarish huquqidan mahrum qilgan. 

Bundan tashqari, Texas AQSHdan ajralib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi va Texas qonun chiqaruvchi organi shunga muvofiq referendum o‘tkazadi. 

Qolaversa, 2023 yilda AQSH sub’ekti maqomini mustaqil davlatga aylantirish uchun shtat miqyosida referendum o‘tkazish taklif qilinmoqda.