French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi
10:09 / 2025-07-22

O‘tgan yildan boshlab testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadi. Qolgan muhim tanlovlar esa testdan keyin amalga oshiriladi.

1. Yo‘nalish tanlash

Abituriyent 5 tagacha yo‘nalishni tanlashi mumkin. Bu yo‘nalishlar abituriyent topshirgan fanlar majmuasiga mos bo‘lishi kerak. OTM tanlashda hech qanday cheklov yo‘q, ya’ni fanlar mos bo‘lsa, istalgan oliygohdagi istalgan yo‘nalishni tanlash mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan yo‘nalish muvoqqat edi. Ya’ni, vaqtincha, misol tariqasida ko‘rsatilgan. Asosiy va haqiqiy tanlov testdan keyin amalga oshiriladi. Shuning uchun avval tanlagan yo‘nalishni bemalol o‘zgartirish mumkin.

2. Ta’lim shaklini tanlash

Abituriyent quyidagi ta’lim shakllaridan birini tanlaydi: kunduzgi, kechki yoki masofaviy. Ularni har xil yo‘nalishlarga aralashtirib tanlash ham mumkin. Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalish uchun kunduzgi, uchinchi uchun kechki, to‘rtinchi va beshinchi uchun masofaviy shakl tanlansa bo‘ladi.

Qaysi oliygohda qaysi shakl mavjudligini kvotalar tasdiqlangandan keyin bilib olasiz.

3. Tanlov ustuvorligini belgilash

Abituriyent tanlovda nimaga ko‘proq ahamiyat berishini belgilaydi: davlat grantimi yoki yo‘nalishmi.

Agar "qaysi yo‘nalish bo‘lishidan qat’i nazar, faqat grantga kirishim kerak" desa, ustuvorlik grantga beriladi.

Agar "aynan shu yo‘nalishda o‘qishim kerak, hatto kontrakt bo‘lsa ham mayli" desa, ustuvorlik yo‘nalishga beriladi.

Muhim sanalar

14–23 iyul kunlari test sinovlari o‘tkaziladi. Har bir abituriyent testdan ertasi kuni natijasini bilib oladi. Barcha testlar tugagach, yo‘nalish, ta’lim shakli va ustuvorlikni tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. Shundan so‘ng umumiy mandat shakllantiriladi. Mandat natijalari taxminan 17 avgust atrofida e’lon qilinadi.

Agar abituriyent OTMga kira olmasa, undan keyin kollejlarga va texnikumlarga hujjat topshirish uchun yana 10 kunlik imkoniyat beriladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/f8dPZnpBHoY?si=_7QcdwwPWzyrVtVq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA