Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Test sinovlariga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
16:43 / 2021-06-24

Andijonda oliy o‘quv yurtlari, maxsus va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik doirasida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Davlat test markazi rejasiga asosan tashkil etilgan seminarda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining professor-pedagoglari ishtirok etdi.  

Ishtirokchilarga guruhlar bilan ishlash, test materiallarini qabul qilib olish, guruhlar ro‘yxati, e’tirozlar bilan ishlash, test varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishi, sinovdan chetlashtirish bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtirish, ko‘zda tutilmagan holatlarni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish singari qator masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.  

[gallery-2907]

– Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, guruh nazoratchilarining imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va tajribalarini yanada mustahkamlash, – deydi Davlat test markazi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Rustam Azimov. – Nazoratchilar, umuman test sinovida qatnashuvchi barcha mutaxassislarning yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lishi, albatta, jarayonni belgilangan tartiblar asosida hamda yuqori saviyada o‘tishini ta’minlaydi.  

Shuningdek, seminarda korrupsiya holatlari kelib chiqishining oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha ham zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA