English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Test sinovlarining yakuniy natijalari e'lon qilindi
08:16 / 2019-08-24

Davlat test markazi 2019/2020 o'quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o'qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi.


Davlat test markazi 2019/2020 o'quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o'qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi.

Xabarda qayd etilishicha, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1. Abituriyentning shaxsiy kabinet orqali:
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo'lib, abituriyentlar shaxsiy kabinet orqali tanlov natijalarini bilishi mumkin.
Buning uchun cabinet.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritish kerak.

2. SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi.

3. Test natijalari qaydnomasi orqali:
Natijalar e'lon qilingandan so'ng test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga borg