French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Test sinovi paytida telefondan foydalangan abituriyent boʻyicha izoh berildi
09:17 / 2020-09-03

Bu holat Sirdaryo viloyatidagi 4-kameradan, yaʼni Guliston shahri markaziy stadionida boʻlib oʻtayotgan test sinovlaridan olingan boʻlib, mazkur abituriyentga tegishli tarzda chora koʻriladi.


Kecha ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentning test sinovida telefondan foydalanayotgani aks etgan video tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan jarayon nazorat qilinmayapti degan mazmunda eʼtirozlar bildirildi.

Mazkur holat Davlat test markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda oʻrganildi. Hozirda holat boʻyicha Davlat test markazida barcha maʼlumotlar mavjud.

Bu holat Sirdaryo viloyatidagi 4-kameradan, yaʼni Guliston shahri markaziy stadionida boʻlib oʻtayotgan test sinovlaridan olingan boʻlib, mazkur abituriyentga tegishli tarzda chora koʻriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa, abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi.