Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TEST-2020: savollar oʻqimagan odamga baribir qiyinlik qiladi
09:18 / 2020-09-02

Avval xabar berganimizdek, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi sayilgohida test sinovlari davom etmoqda.


Avval xabar berganimizdek, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi sayilgohida test sinovlari davom etmoqda.

Belgilangan muddatdan oldin savollarga javob berishga ulgurgan ayrim abituriyentlar birin-ketin chiqib ham kelmoqda. Ularni suhbatga tortdik.

– Men test sinovlarida ishtirok etish uchun Toshkent viloyatidan keldim. Matematika, kimyo yoʻnalishida besh oliygohni tanlaganman. Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va boshqalar. Karantin sabab uyda tayyorlangan edim. Savollar juda murakkab emas. Bilmaganlarim ham boʻldi, albatta. Test jarayoni shaffof oʻtyapti. Guruh kuzatuvchilari abituriyentlarni nazorat qilmoqda, – dedi Ulugʻbek Turgʻunboyev.

– Maktabni tamomlab birinchi yil oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirgan edim. Testlarning ilk kuni bilimimni sinab koʻrdim. Matematika, kimyo yoʻnalishini tanlagandim. Yaxshi tayyorlanmaganim uchunmi testlar biroz qiyinlik qildi. Ertaga dastlabki natijani koʻramiz. Omadim kelgan boʻlsa shu yil talabalar safidan joy olaman, – dedi boʻkalik Alijon Burliboyev.

– Oʻtgan yili Oʻzbekiston Milliy universitetiga hujjat topshirib kira olmagan edim. Bir yil tayyorlandim. Matematika, kimyo yoʻnalishidagi oliygohlarga hujjat topshirdim. Test jarayonida bizga ruchka, suv va yuz niqobi berishdi. Savollar osonlashtiriladi deyishgan edi. Oʻqimagan odamga baribir qiyinlik qiladi. Ayrim savollarga taxminan javob berdim, – dedi Shohida Xayrullayeva.