French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tesla” yangi elektromobilning chiqish sanasini yashirmoqda
15:02 / 2022-01-14

“Tesla” o‘z saytidagi "Cybertrack" pikap-elektromobilning chiqish sanasi bilan bog‘liq ma’lumotni o‘chirdi, deyiladi “Mashable” nashri xabarida.

Jurnalistlar “Tesla” sayti yil boshida yangilanganiga e’tibor qaratgan.

Hozir “Cybertack”ning buyurtma qabul qilinadigan sahifasida mazkur avtomobil ishlanma yakuniga yetgach ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi haqida ma’lumot joylangan.

Avvalroq ma’lumot “2022 yilda “Cybertack”ni sotib olish mumkin”, mazmunida edi. Bu o‘zgarish oldindan to‘lov qilgan buyurtmachilarni xavotirga solmoqda.

Mutaxassislar aytishicha, sotuvga chiqarilish muddatiga doir noaniqlik mazkur elektromobilning yaqin yillarda bozorga chiqishini anglatadi.