Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tesla”ni sobiq xodim investorlarni chuv tushirganlikda aybladi
15:40 / 2018-07-12

“Tesla”ning sobiq texnologi AQSHning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiyasiga rasmiy ariza bilan murojaat qildi. Uning arizasiga ko‘ra, kompaniya investorlarni aldab kelgan.

“Tesla”ning sobiq texnologi AQSHning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiyasiga rasmiy ariza bilan murojaat qildi. Uning arizasiga ko‘ra, kompaniya investorlarni aldab kelgan. 

“Washington Post” gazetasining bu haqda yozishicha, “Tesla”ning sobiq texnologi Martin Tripp kompaniya ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida nuqsonli batareyalarni ishlatishdan tashqari avtomobillarni yig‘ishda yaroqsiz qismlardan takror-takror foydalanganini ham iddao qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tesla” shu tariqa ishlab chiqarilayotgan “Tesla Model 3” sedanlari hajmini haftasiga 44 foizga oshirib, kompaniya investorlari va xaridorlarini yolg‘on ma’lumotlar bilan ta’minlab kelgan.

O‘z navbatida, kompaniya o‘tgan oyda ishdan bo‘shatilgan sobiq texnologning barcha ayblovlarini rad etmoqda. Hatto Martin Trippga qarshi sudga da’vo arizasi ham kiritgan. Unga ko‘ra, sobiq xodim kompaniya kompyuterlar tizimini buzish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va “Tesla”ni obro‘sizlantiruvchi soxta axborotlarni OAVga taqdim etganlikda ayblagan.