English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tesla Germaniyada zavod qurish uchun shartli ruxsat oldi
11:59 / 2022-03-07

Brandenburg atrof-muhitni muhofaza qilish davlat agentligiga ko‘ra, Tesla Germaniyada zavod qurish uchun shartli ruxsat oldi.

Mahalliy hukumat tomonidan “katta muvaffaqiyat” sifatida tavsiflangan zavod yiliga maksimal 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega va zavod Germaniya shimoli-sharqidagi Brandenburg shahrida joylashgan.

Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchisi global miqyosda kengaymoqchi.

Tesla 2019 yil oxirida Xitoyning Shanxay shahrida zavod ochgach, joriy yil oxirida esa AQSHning Texas shtatida ham zavod ochishni rejalashtirmoqda.

Xom neft narxi so‘nggi paytlarda rekord darajaga ko‘tarilganligi sababli, avtomobil ishlab chiqaruvchilari elektr transport vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirdilar.