French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tesla”: elektromobilning xavfsizlik kamari to‘g‘ri taqilmasa, avtomobil joyidan qo‘zg‘almaydi
17:25 / 2021-05-14

“Tesla” kompaniyasi elektromobilning xavfsizlik kamari taqilmaganida harakatlanmasligi bilan bog‘liq ishlanmaga patent oldi.

“Improper seatbelt usage detection”, ya’ni “Kamarning ishonchli taqilmaganini aniqlovchi” tizim – ISUD tizimi kamar taqilmasa avtomobilni joyidan qo‘zg‘alishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

“Tesla” patent bo‘yicha arizani 2019 yilda bergandi, unga endigina ruxsat berildi. 

Unga ko‘ra, o‘rindiq va kamarga o‘ziga maxsus moslamalar o‘rnatiladi. Kamar to‘g‘ri taqilmasa, avtomobil joyidan qo‘zg‘almaydi. Mazkur tizim Tesla avtomobillariga qachondan joriy qilinishiga aniqlik kiritilmagan.