Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tesla“ 2018 yilda milliard dollarga yaqin zarar koʻrgan
12:13 / 2019-01-31

Amerikaning “Tesla“ elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 2018 yilning 4 choragi boʻyicha 976 million dollar miqdorida zarar koʻrgan.


Amerikaning “Tesla“ elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 2018 yilning 4 choragi boʻyicha 976 million dollar miqdorida zarar koʻrgan. 

Bu haqda “RIA Novosti” kompaniya saytida eʼlon qilingan hisobot asosida maʼlum qiladi. 

Hisobotda aytilishicha, kompaniyaning 2018 yilgi moliyaviy zarar miqdori 2017 yilga nisbatan 50 foizga kamaygan ( 2017 yilda koʻrilgan zarar miqdori 2 milliard atrofida edi).

Kompaniya daromadi esa 2018 yilda 21,5 milliard dollarni tashkil qilib, bu 2017 yildagi koʻrsatkichdan 82 foizga koʻpdir. 

2019 yilda kompaniya “Model S” va “Model X” elektromobillarini ishlab chiqarish hajmini biroz qisqartirish niyatida.