English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir
07:56 / 2025-08-12

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bugungi kunda hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan ba’zi guruhlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga salbiy ta’sir o‘tkazayotgani, buning bizgacha yetib kelmasligi uchun doimo hushyor bo‘lish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, diniy mutaassiblik, ekstremizm, terrorizm, missionerlik, ommaviy madaniyat kabi tahdidlar davlat va jamiyat havfsizligi, fuqarolar tinchligiga jiddiy xatar sifatida namoyon bo‘layotgani xususida so‘z bordi.

Tadbir yakunida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Savol-javoblar davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA