French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizning bugungi qiyofasi
17:20 / 2026-01-20

FOTOREPORTAJ

So‘nggi yillarda Termiz shahrida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Aholi sonining ortishi, yangi turar joylar va infratuzilma ob’ektlarining barpo etilishi shahar hayotini yanada jadallashtirdi.  

Markaziy ko‘chada avtomobillar oqimi tinmaydi. Yo‘l bo‘ylab porlagan chiroqlar va gavjum harakat shaharning bugungi ritmini yaqqol aks ettiradi. Ilgari sokin bo‘lgan hudud bugun Termizning eng muhim transport va ijtimoiy nuqtalaridan biriga aylangan.

Ko‘chalardagi tirbandlik aholi ko‘payishi va shaxsiy avtomobillar sonining ortishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati markaziy ko‘chaning iqtisodiy ahamiyatini ham oshirmoqda. Ko‘p qavatli uylar va qurilish kranlari shaharda urbanizatsiya jarayonlari izchil davom etayotganidan dalolatdir.

[gallery-27206]

Kech tushishi bilan shahar hayoti yanada jonlanadi. Piyodalar va transport oqimi ortib, Termiz katta shaharlarga xos sur’at bilan yashayotganini namoyon etadi. Mazkur fotoreportaj shaharning hozirgi qiyofasini, uning rivojlanish bosqichini va kelajak sari dadil qadam tashlayotganini aks ettiradi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA