Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizlik professor-o‘qituvchilar va yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
17:04 / 2023-04-05

Termiz davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar tashabbusi bilan "Referendum va yoshlar” forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.  

Forumda Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, rus va qardosh tillar fakulteti dekani Poyon Bakirov va boshqalar yangi tahrirdagi Bosh Qomusimiz xalqning chinakam erki, farovon hayot tamoyillariga yo‘g‘rilgan barqaror va yakdil jamiyat qurishdek buyuk maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratib beruvchi huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.  

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. O‘qituvchilar va yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ilm-fan va ta’limni yangi bosqichda rivojlantirishga qaratilgan normalarning jamiyatimizni yuksaltirishdagi ahamiyati to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi. Barchani Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumda faol qatnashishga chaqirdi.  

Forumda tojikistonlik estrada xonandasi Mehrubone Ravshan va viloyatning taniqli san’atkorlari qiziqarli konsert dasturlarini namoyish etdi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri