Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizdagi xalqaro savdo markazi yilni qanday yakunlamoqda? (+video)
17:14 / 2025-12-25

Prezidentimiz mintaqadagi barcha davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, savdo va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi formatda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan Surxondaryo viloyatida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi ham mamlakatimizda keyingi yillarda bo‘y ko‘rsatgan ana shu ezgu tashabbusning amaldagi samarasi bo‘ldi.

Zamonaviy majmua O‘zbekiston – Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirib, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun qulay sharoit yaratdi. Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida joylashgan ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yaxshilash va yuksaltirish orqali yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini ta’minlashga, do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qila boshladi. Shuningdek, O‘zbekiston afg‘on tadbirkorlarining mamlakatimizda o‘z biznesini yuritishi uchun qulay muhit yaratgan. Birgina Surxondaryo viloyatida afg‘onistonlik ishbilarmonlar ishtirokida ikki yuzdan ortiq korxona mavjud. Viloyatning yon qo‘shni mamlakat bilan tashqi savdo aylanmasi ham o‘sib borayotir. Erkin savdo zonasining ishga tushirilgani bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RA_-obiye98" title="Termizdagi xalqaro savdo markazi yilni qanday yakunlamoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri