Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizdagi “Uchqizil” ko‘lidan fotoreportaj
10:15 / 2022-10-10

Termiz tumanidagi “Uchqizil” ko‘lini barpo etish 1954 yil boshlangan bo‘lib, 1957 yil 29 dekabrda ishga tushirilgan. Ko‘lning umumiy hajmi 160 million m3ni, shundan foydali hajmi 80 million m3ni, loyqali o‘lik hajmi 80 million m3ni tashkil etadi. Suv olish manbasi Surxon daryosi hisoblanadi.

Tuman markazi ham ko‘l nomi bilan “Uchqizil” qo‘rg‘oni, deb ataladi.

Ko‘lning loyihaviy sug‘orish maydoni 13,6 ming gektarni tashkil etadi. Ko‘l suvidan Surxon Namuna SIU, Surxon Xalqobod SIU (Termiz tumani), Mamatqul Azizov SIU, Zang SIU (Angor tumani)lar yer maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi. Ko‘lning janubiy dambasi 1750 metr, g‘arbiy dambasi 2260 metr, eng chuqur joyi 40 metr, eng sayoz qismi 2,6 metrni tashkil etadi. Qirg‘oq bo‘yi mintaqasi maydoni 43,3 gektar.

[gallery-9078]

Ko‘l bo‘yi mintaqasi ekoturizm loyihalarini amalga oshirish uchun juda qulay hudud hisoblanib, hozirgi kunda dam olish maskanlari, umumiy ovqatlanish nuqtalari va ko‘lda sayr qilish maskanlari tashkil etilgan. Bundan tashqari, ko‘l bo‘yi mintaqasida bir qator ekoturizm loyihalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.



 
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA