Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda “Zukko kitobxon”lar bellashdi
14:43 / 2023-08-07

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Zukko kitobxon” intellektual tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati va iqtidorini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda viloyat shahar va tumanlaridan 15 ta jamoa ishtirok etdi.  

[gallery-13034]

Ta’kidlash joiz, tanlovning quyi bosqichlarida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 900 ga yaqin jamoa tarkibida 7 dan 70 yoshgacha bo‘lgan 4 mingdan ziyod ishtirokchi o‘zaro bellashdi.  

Qizg‘in va murosasiz bahslar, savol-javoblar asosida o‘tgan viloyat bosqichining yakuniy natijalariga ko‘ra, Sariosiyo tumani jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, olti million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar jarqo‘rg‘onlik va oltinsoylik kitobxonlarga nasib etdi. Ushbu jamoalar 4,2 million va 3 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

Tanlovda faol qatnashgan boshqa jamoalar ham munosib rag‘batlantirildi.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA