Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlari o‘rtasida kibersport musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuvda boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha tuman, shahar IIBlari yosh xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda kibersportni xavfsiz rivojlantirib, ommalashtirishga qaratilayotgan e’tibor qiziqarli musobaqa va turnirlarni tizimli o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab, ularni professional kibersportga yo‘naltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash hamda ularni sohaga jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilayotir.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi IIB xodimi, katta leytenant Fazliddin Aminqulov faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Termiz shahar IIB xodimi, katta leytenant Azizbek Po‘latov egalladi. Termiz tumani IIB xodimi, kapitan Sherxon Sattorovga uchinchi o‘rin nasib etdi.


Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri