Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda yosh gimnastikachilar bellashdi
14:33 / 2024-10-26

Surxondaryo viloyatida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 23 dekabrdagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.  

Bellashuvlarda tuman va shahar bosqichlarida saralangan 1-4-sinf o‘quvchi-qizlar jamoalari guruh mashqlari va shaxsiy dasturda mahorat namoyish etdi.  

[gallery-20001]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz shahri 9-maktab jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Oltinsoy tumani 13-AFCHO‘M jamoasi va Qumqo‘rg‘on tumani 4-maktab gimnastikachi qizlariga nasib etdi.  

G‘olib va sovrindor jamoalar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

O‘zA fotomuxbiri 
Jonibek QO‘ZIMURODOV 
olgan surat va video.