Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda XVI asrga oid qadimiy tangalar ushlab qolindi
10:09 / 2025-11-04

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida xorijga yo‘l olgan Shokir Olimov (ism-sharif o‘zgartirildi) belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv chog‘ida nazoratchilar uning qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, arab yozuvidagi bitiklar mavjud besh dona qadimiy metall tangaga duch keldi. 

Yashirincha olib chiqishga urinilgan topilmalarning tarixiy qiymatini aniqlash uchun bojxona xodimlari badiiy ekspertiza tayinladi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bu tangalar XVI asrga oid bo‘lib, ularda arab yozuvida diniy iboralar va hukmdor nomlari bitilgan madaniy boylik ekani ma’lum bo‘ldi.

Amaldagi tartibga muvofiq, yaratilganiga ellik yil va undan ortiq vaqt o‘tgan madaniy boyliklarni mamlakatimizdan olib chiqish taqiqlanadi. Nodir tangalar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilib, holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA