FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarma xodimlari, pedagoglar, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda ota-onalar qatnashdi.
[gallery-27692]
Ommaviy qabulda 50 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. Ular asosan ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar tashkil etish masalalariga oid bo‘ldi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA