Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda To‘maris izdoshlari bellashdi
14:50 / 2025-07-27

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qiz xodimalar o‘rtasida “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida “To‘maris izdoshlari” respublika musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, jamoalarda ularning o‘rni va rolini oshirishga, iste’dodlarini keng namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xodimalarning ma’naviy va intellektual saviyasini yanada yuksaltirib, kasbiy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.  

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan mazkur musobaqada ham eng mohir, eng zukko va eng chaqqon xodimalar o‘zaro bellashib, PM pistoletidan amaliy o‘q otish, harbiy va jismoniy tayyorgarlik, eruditsiya yoki bilimdonlik, epchil va orasta beka shartlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini keng namoyish etdi.

G‘oliblar musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etib, viloyat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri