Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda “Salomatlik sayli” o‘tkazildi
15:21 / 2023-04-03

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi San’at saroyida 7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan “Salomatlik sayli” o‘tkazildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan aksiya ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni hududlarning o‘zida yuqori texnologik muolajalarni o‘tkazish orqali sog‘lomlashtirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bemorlarga individual maslahatlar berishni tashkillashtirish maqsadiga qaratilgan.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda shahar hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.  

“Salomatlik sayli”da respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali shifokorlari, viloyat tibbiy muassasalarining yetuk mutaxassislari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Jarayonda oilaviy poliklinikalarda ro‘yxatda turgan bemorlar, yoshi ulug‘ keksalar salomatligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yosh bolali onalar, ularning farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka jalb qilindi.

[gallery-11253]

Ko‘chma xastalik aniqlangan bemorlarga shifokorlarning ko‘rsatmasi bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan ko‘zoynaklar, 12 turdagi dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.  

Aksiya viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA