English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda “Rahbar va sardorlar uchrashuvi” o‘tkazildi (+video)
10:41 / 2024-02-22

Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Temurbek Poyonov ishtirokida “Rahbar va sardorlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda mamlakatimizda yoshlarning faolligini oshirish, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani alohida ta’kidlandi. Sardorlarning taklif, tashabbus va g‘oyalari tinglandi. Bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Kelgusida amalga oshiriladigan yirik loyiha va tadbirlar kelishib olindi.  

Ta’kidlash kerak, hozirda viloyatda sardorlar 29 ming 520 nafarni tashkil etsa, shulardan sinf sardorlari soni 16 ming 24 nafar,  maktab sardorlari soni  13 ming 272 nafar, tuman (shahar) sardorlari soni 210 nafardan iborat. Viloyat sardorlar kengashi a’zolari esa 14 nafarni tashkil etadi.

[gallery-16085]

Uchrashuvda Surxondaryoning iqtidorli va tashabbuskor sardorlari Markaziy kengash raisi tomonidan taqdirlandi.  

<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/kR_dDlHYgr8" title="Termizda “Rahbar va sardorlar uchrashuvi” oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA