FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham Prezident maktabiga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Test jarayonlari Termiz shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosi, Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Termiz shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etildi.
[gallery-24173]
Prezident maktabining 5-sinfi uchun mavjud 24 ta kvota uchun 4 ming 301 nafar o‘quvchidan hujjat qabul qilindi. 2025/2026 o‘quv yili uchun mazkur muassasaga qabul joriy yilning 1 iyunidan 20 iyuniga qadar onlayn shaklda, ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
O‘quvchilar imtihonlar uchun ajratilgan to‘rtta binodagi jami 75 ta guruhda test sinovlarini topshirdi.
Birinchi bosqichda o‘quvchilar belgilangan 60 daqiqa davomida matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollarini ishladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA