French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda O‘zbek va Turk harbiylarining maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi
18:32 / 2021-03-22

Bugun Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi Termiz dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq ikki mamlakat Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi maxsus-taktik o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i, polkovnik Lazizjon Usmonov, Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev va Turkiya Respublikasi maxsus operatsiya kuchlari brigadasi komandirining o‘rinbosari, polkovnik Rushtu To‘redi va ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalari, do‘stlik rishtalari yangi bosqichda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotining sifatli va yuqori saviyada o‘tishiga muvaffaqiyat tilandi.

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari oldidan saf maydonida Termiz garnizoni harbiy orkestri sadolari ostida ikki davlat harbiy xizmatchilari saf tortib o‘tdi.

Dala-o‘quv maydonida davom etgan o‘quvlarda harbiy xizmatchilar tajriba almashish uchun ko‘rgazmali mashg‘ulotlar ¬ jumladan, 15 kilometr majmuaviy maxsus-taktik yo‘lagidan o‘tish, jangovar ikkilik, uchlik va to‘rtlik tarkibida yaqin jang elementlari bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy maxsus o‘q otish va qiyin sharoitlarda yashovchanlik holatlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga jalb etildi.

Ishtirokchilar poligonda maxsus-taktik o‘quv savollari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. O‘zbek va Turk harbiylari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27 martga qadar davom etadi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA