FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Men G‘olib Run” shiori ostida o‘tkazilgan yugurish marafoni haqiqiy sport bayramiga aylandi.
Vatanparvarlik ruhi, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan ushbu nufuzli musobaqada kuch tuzilmalari xodimlari hamda Surxondaryo viloyati yengil atletika federatsiyasi sportchilari faol ishtirok etdi. Bahslar murosasiz va shiddatli ruhda kechib, har bir ishtirokchi marraga birinchi bo‘lib yetib kelish uchun bor kuch va imkoniyatini safarbar etdi.
[gallery-27679]
Musobaqa nafaqat sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirdi, balki xalq va kuch tuzilmalari o‘rtasida hamjihatlik, yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lidagi yakdillik timsoliga aylandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovrinlari bilan taqdirlandilar.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA