Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda korxona pulini o‘margan shaxslar qo‘lga olindi
13:44 / 2022-11-22

Termiz shahridagi Jayxun mahallasi hududida faoliyat yuritadigan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxona binosidagi seyfni noma’lum shaxslar tunab ketgan.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatining Toshkent shahrida yashovchi rahbari Sh.Shokir (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Termiz shahar IIBga murojaat etib, voqea tungi soat 03.00 larda sodir etilganini ma’lum qilgan.  

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatidan olingan xabarga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor harakatlari natijasida o‘g‘irlik jinoyatini Termiz shahrida yashovchi, B.Sobir. K.Kamol va T.Toliblar sodir etgani aniqlanib, ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.  

Ayni paytda B.Sobir. K.Kamol va T.Toliblarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,  

O‘zA muxbiri