Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda “Keksalar haftaligi”ga start berildi
14:26 / 2022-10-03

FOTOREPORTAJ

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan har yili oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni oʻtkazish anʼanaga aylanib, qator xayrli tadbirlarga zamin yaratmoqda.

[gallery-9022]

Xususan, bugun Surxondaryo viloyati markazida “Keksalar haftaligi” doirasida shaharning Navbahor koʻchasi boʻylab yurish marafoni oʻtkazildi. Unda nuroniy oqsoqollar, onaxonlar va mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etdi.

Marafondan soʻng ishtirokchilar Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurdi.

Jonibek QOʻZIMURODOV (surat), OʻzA