FOTOREPORTAJ
Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Ana shunday yig‘inlardan navbatdagisi Surxondaryo viloyati harbiy ma’muriy sektori hamda Janubiy operativ qo‘mondonligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyati harbiy-ma’muriy sektori, viloyat IIB, DXX, Yoshlar ishlari agentligi boshqarmalari va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘quv yig‘inida shahar va tumanlardan yuz nafardan ishtirokchi qatnashdi.
[gallery-12577]
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga o‘qitish hamda malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish maqsadida yig‘in doirasida ma’naviy-ma’rifiy va biznes saboqlari, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, psixologik va motivatsion treninglar olib borildi.
O‘n kunlik yig‘in yakunida yoshlarga tegishli sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida iste’dodli yoshlar ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar yig‘in ishtirokchilariga unutilmas onlarni taqdim etdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA