Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda ishlab chiqarilayotgan poyabzallar Xitoy, Turkiya, Fransiya, Italiya, Rossiya va Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda
14:35 / 2023-01-27

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi “Drem silk shoes” mas’uliyati cheklangan jamiyatida erkaklar uchun poyabzallar ishlab chiqariladi.

2020-2021 yillar davomida texnik-texnologik jihatdan qurilish ishlari amalga oshirilib, korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilgan. Ayni paytda bu yerda 100 nafar kishi mehnat qilmoqda. Ishchi-xodimlar uchun umumiy ovqatlanish sharoiti va ishga kelib-ketish uchun mikroavtobuslar tashkil etilgan.

[gallery-10392]

Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uskuna va texnologiyalari Xitoy va Turkiyadan keltirilgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 950 ming dona mahsulotni tashkil etadi.

Korxona mahsulotlari bugungi kunda Xitoy, Turkiya, Fransiya, Italiya, Rossiya hamda Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA