Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda harbiy parad bo‘lib o‘tdi
13:25 / 2026-01-11

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan  himoyachilari kuni munosabati bilan Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiy yurish tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida viloyat kuch tuzilmalari harbiy orkestr sadolari ostida shahar markaziy ko‘chasida marsh yurishlarini tashkil etdi. Bayram tantanalari viloyat hokimligi yonidagi "Etno shaharcha" turizm majmuasida davom etdi. Yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokidagi harbiy vatanparvarlik festivalida mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash maqsadida milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

[gallery-27061]

Harbiy orkestrning difele namoyishlari esa tadbirning alohida qiziqish uyg‘otgan qismlaridan biri bo‘ldi.         

Mazkur tadbirlar Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini namoyish etish, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA