Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda gandbol bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi (+video)
13:46 / 2025-05-16

Termizda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Mahalla uyushmasi kubogi” uchun sportning o‘tkazilgan gandbol musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidor, iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlar, sport musobaqalari yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Xususan, gandbol musobaqalarida ham ko‘plab yosh iqtidorlar o‘z salohiyatini namoyish etmoqda. 

Musobaqada 17-30 yosh toifasida yigit-qizlar o‘rtasida tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.  

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni Denov tumanining Shamolli mahalla jamoasi qo‘lga kiritdi.  Keyingi o‘rinlarni Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlari yoshlari egalladi. 

[gallery-23389]

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Termiz shahrining Baynalminal mahalla jamoasiga teng keladigani topilmadi. Denov va Qumqo‘rg‘on tumanlari  qizlariga ikkinchi va uchinchi o‘rinlar nasib etdi.

Bellashuvlarda 1-o‘rinni olgan jamoalar musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olib, sovrindor va faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VGKi_YH0gtM" title="Termizda gandbol bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA