Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda «Fidoyi yoshlar yetakchisi» g‘oliblari aniqlandi
05:58 / 2022-07-26

FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Fidoyi yoshlar yetakchisi” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovning hududiy bosqichida viloyatdagi 721 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining yoshlar yetakchilari faol ishtirok etdi. Hududlardan saralangan 15 nafar mahalla yoshlar yetakchisi viloyat bosqichida “Yoshlar siyosati bilimdoni”, “Samarali faoliyat”, “Innovatsion ijtimoiy loyiha”, “Iqtidor va iste’dod” shartlari bo‘yicha bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazdi. Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mahallalarda joriy etilgan yoshlar yetakchisi lavozimi yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish kabi maqsadlarga xizmat qilmoqda.

[gallery-8038]

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘ringa Sho‘rchi tumanidagi “Navro‘z” MFY yoshlar yetakchisi Shahzod Xudoyberdiyev loyiq deb topildi. Keyingi o‘rinlar Sherobod tumanidagi “Oyinli” va Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Elobod” MFY yoshlar yetakchilari Abror To‘xtashov hamda Abduxoliq Omonovga nasib qildi.

Tanlov g‘oliblariga maxsus diplom, tashakkurnoma hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari va kitoblar jamlanmalari topshirildi.


 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA